insurez
18-04-2025 20:01

Nurobodda Obodonlashtirish xodimlari kuni keng nishonlandi


Bugun Nurobod tumani markazidagi "Diydor" bazmgohida Obodonlashtirish xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimligi, faollar, obodonlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ularning oila a'zolari ishtirok etishdi.​

Bayram tadbiri davomida obodonlashtirish sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga tuman hokimligining  tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi. 

Tadbirda so'zga chiqqan tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Ibragimov obodonlashtirish xodimlarining tumanimiz obodligi va bunyodkorligiga qo'shayotgan ulkan hissasini munosib e'tirof etdi.

Bayram dasturi davomida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar yig'ilganlarga yuqori kayfiyat va xursandchilik ulashdi.

Teglar
- -