Nurobodda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
Ayni kunlarda Nurobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning turli hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini sozlash, yo‘llar va maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tozalash kabi qator ishlar tizimli olib borilmoqda.
Ushbu ishlar tumanning yanada ko'rkam bo‘lishiga hamda aholining kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilmoqda.