Nurobodda “Nurbuloq” mahalla servis kompaniyasi ish boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-sonli qaroriga muvofiq, Nurobod tumanida “Nurbuloq” mahalla servis kompaniyasi tashkil etildi. Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va xizmatlar tizimini mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ushbu loyiha mahalliy tashabbus asosida amalga oshirildi.
Bugun bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari A.Ziyatov, mahalla tizimi mas’ullari va fuqarolar ishtirok etdi.
Mahalla servis kompaniyasi 350 million so‘mlik loyiha asosida qurib bitkazilib, 70 million so'mlik asbob-uskuna va jihozlar olingan. Kompaniya orqali mahalladagi 13 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda kompaniya tomonidan aholiga 23 turdagi xizmatlar – payvandlash, bo‘yash, obodonlashtirish, hovli ishlariga xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi.