Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaga aylangan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
O'quv soatida mamlakatimizda va xorijda sodir bo‘layotgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quv mashg‘uloti taqdimotlar, videolavhalar va suhbatlar bilan boyitildi.
Mashg‘ulot davomida:
“O‘zbekiston va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqealar” mavzusida xalqaro hamkorlik va global jarayonlar tahlili o‘tkazildi;
Ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan videolavhalar namoyish qilindi;
“Tafakkur” jurnalining 3-soni bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi;
“Mahalladan gapiramiz” va “Msayohat dayjesti” ruknlari orqali dolzarb mavzularda fikrlar bildirildi.
Shuningdek, an’anaviy “Kitob mutolaasi” bo‘limida Lyusen Kerenning “Amir Temur saltanati” nomli tarixiy asari o‘rganilib, undagi qimmatli tarixiy xulosalar haqida ma`lumotlar berildi.