Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
Dars soati davomida mamlakatimizda va jahon miqyosida sodir bo‘layotgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
O'quv jarayonida:
“O‘zbekiston va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqealar” mavzusida xalqaro hamkorlik va global jarayonlar tahlili o‘tkazildi;
Ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan videolavhalar namoyish qilindi;
“Jadid” gazetasining navbatdagi soni bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi;
“Mahalladan gapiramiz” va “Msayohat dayjesti” ruknlari orqali dolzarb mavzularda fikrlar bildirildi.
An’anaviy “Kitob mutolaasi” bo‘limida esa Abdulla Abduqodirovning “Taraqqiyot yo‘lagi va qadriyatlar” asari muhokama qilinib, unda ilgari surilgan davlat va jamiyat boshqaruviga oid qarashlar yuzasidan fikr almashildi.