Nurobodda mehnat yarmarkasi o'tkazilmoqda
Ayni vaqtda Nurobod tumani hokimligida tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan tumandagi ishsiz fuqarolar va yoshlar uchun tashkil etilayotgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo'lib o'tmoqda.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqdalar.
Mehnat yarmarkasi davomida hozirga qadar 10 dan ortiq ishsiz fuqarolarning o‘zlariga mos ish o‘rinlariga joylashishlari uchun tegishli yo‘llanmalar berildi.