insurez
12-09-2025 10:25

Nurobodda “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi


Nurobod tumani hokimi o'rinbosari Z.Sadinova, mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar va otinoyilar ishtirokida “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ishtirokchilarga farzand tarbiyasida oilaning o‘rni, zamonaviy tarbiya usullari, yoshlar bilan muloqotda mehr-muhabbat va sabr-toqatning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar davomida trener-psixolog va mutaxassislar ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar berdi hamda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 

Shuningdek, oilaviy totuvlikni mustahkamlash, farzandlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalardan asrash masalalari muhokama qilinib, bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib borilishi belgilandi.

Teglar
- -