Nurobodda ma’naviy-ma’rifiy soha bo‘yicha yil yakunlari va istiqboldagi vazifalar belgilandi
Nurobod tumanida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari A.Ziyatov, Z.Sadinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi rahbari T.Xushmurodov, shuningdek, tumandagi korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Muhokama davomida 2025-yil davomida ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi. Yig‘ilish yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib, namuna bo‘lib kelayotgan ATB Agrobankning Nurobod filiali “Eng namunali tashkilot” sifatida e’tirof etilib, tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilib, tumanda ma’naviyat sohasini yanada rivojlantirish, xodimlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish barcha mas’ullarning ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.




