insurez
27-02-2025 12:25

NUROBODDA MAKTAB O'QUVCHILARI O'RTASIDA "TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING SEKTOR BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Turon" maktab teatri tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Fevral-iyun oylarida o'tkazilishi belgilangan ushbu tanlov Nurobod tumanida ham yuqori ruhda tashkil etilmoqda.

Ayni vaqtda tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "TURON" maktab teatr tanlovining sektor bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov ishtirokchilarining milliy liboslarimizda namoyish etayotgan ijodiy chiqishlari tanlovga o'zgacha ruh va yig'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashmoqda.
 

Teglar
- -