insurez
22-08-2024 20:54

Nurobodda mahalla yettiligi xodimlari uchun o'quv-seminari o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida mahalla yettiligi xodimlari uchun o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markaz direktori X.Ochilov, Nurobod tumani hokimligi, sektor rahbarlari va mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi.

Seminar avvalida mahalla yettiligi faoliyatini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va yettilik hamkorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida so'z yuritildi.

Shuningdek, mahallalar obodligi va aholi bandligini ta'minlash, hududlarda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish kabi ustuvor masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va takliflar berildi.

Seminar yakunida "Nurbuloq" mahalla yettiligi misolida ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish orqali yuqori daromad topishiga ko'maklashish, soliq tushumlarining vaqtida undirilishi, jinoyatlar profilaktikasi, bir so'z bilan aytganda mahalla yettiligining qay tariqa hamkorlikda va samarali ishlashi lozimligi ko'rsatib berilib, masalalar yuzasidan qo'shimcha ma'lumot va tushunchalar berib o'tildi.

Teglar
- -