insurez
01-05-2025 11:43

Nurobodda mahalla raislari saylovi boshlandi


Bugun butun Respublikamiz bo'ylab mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovi jarayonlari boshlandi.

Jumladan, Nurobod tumani Amir Temur mahallasida mahalla faollari, hudud nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida fuqarolar yig'ini raisi saylovi o'tkazilmoqda.

Unda ko'rsatilgan nomzodlar o'zlarining 5 yillik dasturi, amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalari, maqsad va vazifalari haqida yig'ilganlarga ma'lumot beryapti.

O'tkazilayotgan bunday saylov jarayonlari fuqarolarning faolligi va mahalla boshqaruvida ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -