insurez
28-11-2024 17:38

Nurobodda kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o'tkazish mavzusida targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tdi


Yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar o'tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida Nurobod tumanida ham bir qator targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi Umid Hamdamov va soha mas'ullari tumanning Nurbuloq mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarida bo'lib, hudud aholisi, tashkilot va korxonalar ishchi-xizmatchilariga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'in va boshqa favqulodda holatlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi holatlarining oldini olish bo‘yicha kerakli tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, targ'ibot tadbirlari davomida fuqarolar uchun "Qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning yechimlari” mavzusida amaliy seminar ham o‘tkazildi.
 

Teglar
- -