insurez
17-05-2025 09:01

Nurobodda "Korrupsiyadan holi yangi O'zbekiston uchun birlashaylik!" shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o'tkazildi


Bugun Nurobod tumanida yurtimizda halollik, qonun ustuvorligi va sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri — “Korrupsiyadan holi yangi O'zbekiston uchun birlashaylik!” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi.

Mazkur marafon tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, mahallalar uyushmasi tuman bo'limi, tuman yoshlar ishlari bo'limi hamda tuman Nuroniylar bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

Unda nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar, keng jamoatchilik hamda turli soha vakillari faol ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishdan iborat boʻldi.

Marafon ishtirokchilari belgilangan masofani bosib o'tib, korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan marafonda faollik ko'rsatishdi.

Tadbir yakunida barcha faxrli o'rin egalari va faol ishtirokchilarga turli nominatsiyalar bo'yicha tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Bunday tadbirlar yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijtimoiy birdamlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -