insurez
06-12-2024 15:44

Nurobodda Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi


Bugun Nurobod tumani Madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etib, yig'ilganlarni yurtimiz hayotidagi eng muhim sanalardan biri – Konstitutsiya kuni bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, tuman rahbari o'z nutqida Bosh qomusimizning huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotganligini alohida ta'kidladi.

Tadbir so'ngida tumanimizda Konstitutsiya va qonunlar ustunligi, adolatli jamiyat va fuqarolar osoyishtaligi yo'lida faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyilarga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda namoyish etilgan madaniy chiqishlar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat va xursandchilik ulashdi.

Teglar
- -