Nurobodda jinoyatlar profilaktikasi borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar o'rtasida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, tumanni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish mavzusida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi a'zolari va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda o'tgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan jinoyatlar sektorlar kesimida tahlil etilib, qizil toifaga kiritilgan mahallalardagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatlar profilaktikasi, xususan, yoshlar o'rtasida jinoyatchilik holatlari qayd etilishining oldini olishda barcha birdek mas'ulligi alohida ta'kidlandi.
Yakunda mahallalarda voyaga yetmaganlar, yoshlar, ishsizlar va ayollar jinoyatchiligining asl omillarini aniqlash, ularning barvaqt oldini olish, yo'l transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi sabablar borasida manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.