Nurobodda favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov rahbarligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasiga bag'ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi, tuman IIB mas'ullari, Milliy gvardiya, tibbiyot va kommunal soha vakillari ishtirok etishdi.
Tuman rahbari o'z nutqida qish mavsumini betalofat va ko'ngilsizliklarsiz o'tkazish, yangi yilga munosib tayyorgarlik ko'rish va aholi osoyishtaligini ta'minlashda barcha birdek mas'ulligini alohida ta'kidlab, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong'in va boshqa favqulodda holatlarning oldini oldini olish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.