Nurobodda epidemiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi
Bugun tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash, aholining salomatligini himoya qilish, bozorlarda va savdo rastalarida veterinariya-sanitariya ekspertizasisidan o‘tmagan go‘sht mahsulotlarini sotishni qat’iyan taqiqlash, vabo va boshqa kasalliklarning oldini olish maqsadida vodoprovod va kanalizatsiya tizimlarida sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, suv manbalarini sanitariya muhofazasi qoidalari asosida doimiy nazoratga olish masalalari muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.