insurez
04-06-2025 20:41

Nurobodda "DXX kubogi" g'olib va sovrindorlari taqdirlandi


Avval xabar berganimizdek, futbol bo'yicha "DXX Kubogi" bahslarining tuman bosqichi yakunlandi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bahsi yakunlangach, g'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Tantanali taqdirlash marosimida  tuman hokimi M.Buranov, DXX tuman bo'linmasi rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov va tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

Unda futbol va mini-futbol bo'yicha o'smirlar va qizlar oʻrtasidagi musobaqalar g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlanib, ularga kubok, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nurobod tumanida "DXX Kubogi" 2025-yil mavsumi g'olib va sovrindorlari ro'yxati:

Futbol

1-o'rin Po'latchi  mahallasi;
2-o'rin Ulus mahallasi;
3-o'rin Saroy mahallasi.

Mini futbol(o'smirlar)

1-o'rin Navro'z mahallasi;
2-o'rin Girdiqo'rg'on mahallasi;
3-o'rin Yuksalish mahallasi.

Mini-futbol(qizlar)

1-o'rin Tegirmonboshi mahallasi;
2-o'rin Tepaqul mahallasi;
3-o'rin Nurafshon mahallasi.

 

Teglar
- -