insurez
01-04-2026 15:29

Nurobodda dolzarb masalalar muhokamasi: tuman Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonuniylikni mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

🟢Sessiyada, avvalo, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish uzluksizligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.

🟢Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar alohida muhokama markazida bo‘ldi.

🟢Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ijtimoiy reestrga kiritilgan, og‘ir sharoitdagi oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

🟢Bundan tashqari, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish va hududda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.

🟢Sessiya davomida Kengashning doimiy komissiyalari tarkibini takomillashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

🟢Shu bilan birga, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanishni yanada takomillashtirishga doir vazifalar belgilab olindi.

📊Sessiya yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur sessiya hududni kompleks rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash va mavjud muammolarni tizimli hal etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
 

Teglar
- -