Nurobodda Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi
Bugun, 14-fevral sanasida shoh va shoir, buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 542 yil to'ldi.
Ushbu sana munosabati bilan Nurobod tumanida bir qator madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurobod tuman bo'linmasi va 2-umumta'lim maktabi hamkorligida Bobur tavalludiga bag'ishlangan adabiy kecha o'tkazildi.
Xuddi shunday tadbir tuman Madaniyat saroyida, "NKMK jamg‘armasi" Nurobod hududiy boshqarmasi, tuman Ma'naviyat bo'linmasi va tuman MMTB ga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu tadbirlar davomida o'quvchilar tomonidan Boburning mashaqqatli va sharafli hayot faoliyati yoritilgan sahnaviy chiqishlar ijro etildi, boy ijodiy merosidan parchalar, g'azal va ruboiylar aytildi.
O'quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va raqslar yig'ilganlarga yuqori kayfiyat va zavq ulashdi.