Nurobodda "Ayol – qadriyatlar tayanchi" tanlovining tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi
Bugun Nurobod tumanida "Ayol – qadriyatlar tayanchi" ko'rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Dastlab, tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i I.Haqqulova so'zga chiqib, barcha jamoalarga omad va zafarlar tiladi.
Shundan so'ng, eng faol va tirishqoq mahalla jamoalari tanlov g'olibligi uchun 3 ta shart asosida qizg'in raqobat olib borishdi.
Tanlov davomida milliy qadriyatlarimiz, xalq o'yinlari, urf-odat va an'analarimizni ulug'lovchi sahnaviy chiqishlar namoyish etildi, shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan kuy va raqslar yig'ilganlarga xursandchilik va yuqori kayfiyat ulashdi.
Har bir jamoalar chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan adolatli baholab borilib, yakunda faxrli 1-o'rin va viloyat bosqichi yo'llanmasini "Po'latchi" MFY jamoasi, faxrli 2-o'rinni "Mehnatkash" MFY, faxrli 3-o'rinni "Chortut" MFY jamoalari qo'lga kiritishdi.
Yakunda g'olib jamoalarga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.