insurez
05-02-2025 17:13

Nurobodda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Madaniyat saroyida g'azal mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

 

"NKMK jamg‘armasi" "Nurobod" hududiy boshqarmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda tuman MMTB ga qarashli 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida o'tkazilgan bayram tadbiri davomida buyuk adib ijod namunalaridan parchalar, g‘azal va ruboiylar aytildi, ijodiy chiqishlar, ijro etilgan ashula va raqslar esa tadbir ishtirokchilariga ko'tarinkilik ulashdi.

 

Ayniqsa, 2-umumta'lim maktabining faol va iqtidorli o'quvchilari tomonidan Alisher Navoiyning buyuk shoir va davlat arbobi sifatidagi sharafli faoliyat yo'li yoritib berilgan sahnaviy ko‘rinishlar yig'ilganlarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Teglar
- -