insurez
23-06-2025 18:25

Nurobodda 25 million dollarlik yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Jom qishlog‘ida qurilishi boshlangan “Jommarmar” MChJga tashrif buyurdi. 

Ushbu korxona tomonidan mikrokalsit mahsulotlari (bo‘r, ohaktosh, marmartosh, travertin, dolomit) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy zavod bunyod etilmoqda.

Loyiha uchun ajratilgan 22 gektar yer maydonida zavod to‘liq ishga tushgach, mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi va mikrokalsit mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Ushbu loyiha — tumanda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Teglar
- -