insurez
18-04-2025 09:33

Nurobod yoshlari "Besh tashabbus olimpiadasi" da munosib ishtirok etishmoqda


"Besh tashabbus olimpiadasi” ning joriy yilgi mavsumi ham yuqori va qizg'in ruhda davom etmoqda.

17-aprel sanasida sportning “Shashka” turi bo‘yicha olimpiadaning Samarqand viloyati bosqichi o'tkazildi.

Quvonarlisida unda Nurobod tumani yoshlari ham munosib ishtirok etib, musobaqa g'olib va sovrindorlari safidan joy olishdi.

Musobaqaning 16-21 yosh toifasida Ag‘ron mahallasidan Mashxura  Xudoyberdiyeva faxrli 1-o‘rinni, 27-30 yosh toifasida Tepaqul mahallasidan Ravshan Gadoyev faxrli 2-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishdi.

Tumanimiz yoshlarini erishgan ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutlab, musobaqaning hal qiluvchi Respublika bosqichida ham omad va zafarlar tilaymiz!

Teglar
- -