insurez
01-03-2025 15:45

Nurobod va Kattaqo'rg'on tumanlari hamkorligida 4R-53 avtomobil yo'li yon tomonlari yashilligi va obodligi ta'minlanmoqda


Nurobod tumani va Kattaqo'rg'on tumanini o'zaro bog'lab turuvchi 4R-53 avtomobil yo'li atroflari bo'ylab ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun Samarqand viloyati IIB boshlig'i R.Mamatov, Nurobod tumani hokimi M.Buranov, Kattaqo'rg'on tumani hokimi J.Nasriddinov, sektor rahbarlari va tegishli mas'ullar ishtirokida yashil makon tadbiri tashkil etildi.

Unda hududda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko'lamli ko'kalamzorlashtirish va ko'chat ekish ishlarini  tashklil etish borasida hamkorlikda qilinadigan ishlar muhokama etilib, daraxt ekish ishlari boshlab yuborildi.
 

Teglar
- -