insurez
16-07-2025 12:02

Nurobod tumanidagi “Sarikul–Nurobod–Tim” avtomobil yo‘lining ta’mirtalab qismiga asfalt yotqizish ishlari boshlandi


Bugun Nurobod tumanida joylashgan 4R-52 “Sarikul–Nurobod–Tim” avtomobil yo‘lining 22 kilometr ta’mirtalab qismiga asfalt yotqizish ishlari boshlandi.

Erta tongda qurilish ishlari boshlanishidan avval Qur’on tilovati o‘qilib, qurbonlik qilindi.

Mazkur tadbirda tuman hokimi M.Buranov, nuroniylar hamda qurilish ishlariga mas’ul tashkilot rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etishdi.

Yo‘lning sifatli va mustahkam bo'lishi — uzoq yillar davomida aholiga va yurtdoshlarimizga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -