Nurobod tumanida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi
Nurobod tumanida oila qurish arafasida turgan yoshlarni mustahkam va barqaror oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar madaniyati, er-xotin o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar, shuningdek, reproduktiv salomatlik va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha muhim tushunchalar berildi. Tadbir interaktiv shaklda tashkil etilib, savol-javoblar o‘tkazildi.
Shuningdek, nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati, uni tuzish tartibi hamda huquqiy ahamiyati yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi. Yakunda dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan yosh juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur mashg‘ulotlar sog‘lom va mustahkam oilalarni shakllantirishga xizmat qiladi.




