insurez
19-12-2025 18:06

Nurobod tumanida yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalasi muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdixakimov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va ijtimoiy moslashuv masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarni qonunbuzarliklardan tiyilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chaqirildi.

Tadbir davomida yoshlar bilan individual ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -