insurez
06-01-2026 14:36

Nurobod tumanida yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalari muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida otaliqqa olingan hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda DXX tuman bo‘linmasi rahbari E.Oripov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari hamda yoshlar va ularning ota-onalari  ishtirok etdi.

Tadbir davomida probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, jinoyatchilikka olib kelayotgan omillar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Shuningdek, otaliqqa olingan va “og‘ir” toifadagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar tomonidan yoshlarni qonunbuzarliklardan tiyilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chaqirildi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan individual ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va profilaktik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -