Nurobod tumanida yoshlar balansini shakllantirish yuzasidan xatlov ishlari olib borilmoqda
Ayni kunlarda butun Respublikamiz bo'ylab yoshlarning xohish-istaklarini o'rganish, bandligini ta'minlash va ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida "Yoshlar balansi"ni shakllantirish bo'yicha xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.
Nurobod tumanida ham bu boradagi ishlar qizg'in davom etmoqda.
Bugun tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov va tuman yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i A.Ziyatovlar rahbarligida tumanning Saroy va Sazag'on mahallalarida yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari batafsil tahlil etilib, bu boradagi ishlar sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar berildi.