Nurobod tumanida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani sport maktabi hududida yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbir — “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada tumandagi umumta’lim maktablarining eng faol o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Tadbir doirasida o‘quvchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy ishlash qobiliyati hamda harbiy bilimlar bo‘yicha o‘zlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa natijalariga ko'ra 1-o‘rinni 34-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 39-maktab jamoasi va 3-o‘rinni 61-maktab jamoasi qo'lga kiritdi.
G‘olib va faol ishtirok etgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.