Nurobod tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
Nurobod tumani Qilichli mahallasida aholi tashabbusi, homiylar ko‘magi va hashar yo‘li bilan tuproq yo‘llarni tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirish ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar mavsumiy noqulayliklarga, transport qatnovi hamda piyodalar xavfsizligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahalla ichki yo‘llari yaxshilanib, aholining kundalik hayoti uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu tashabbuslar jamoatchilik faolligi va hamjihatlik namunasi sifatida namoyon bo‘lib, hudud infratuzilmasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.




