insurez
05-03-2025 17:19

Nurobod tumanida xalq bilan muloqotlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda


Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ijtimoy himoya qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini o'z vaqtida hal qilish maqsadida Nurobod tumanida xalq bilan muloqotlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun tuman hokimi M.Buranov tumanning Amir Temur va Mash'al mahallalarida bo'lib, xonadonbay o'rganishlar olib bordi.

O'rganishlar davomida Amir Temur mahallasidagi moddiy jihatdan qiynalgan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, muammolari tinglandi.

Shuningdek, Mash'al mahallasi hududida noqonuniy qurib olingan binolarni aniqlash hamda ushbu holatlarni bartaraf etish va qurib olingan qurilmalarni qonuniy tartibda o‘rganib chiqilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish — aholining davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi.
 

Teglar
- -