Nurobod tumanida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va kommunal soha vakillaridan iborat shaxsiy tarkibga "Xavfsiz va sog'lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman IIB boshlig‘i A.Otamuradov ishtirok etib, xizmatdagi xodimlarga tumanda jinoyatchilikni oldini olish va fuqarolar osoyishtaligini saqlash borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berdi.
Yo‘riqnoma davomida xizmatga jalb etilgan xodimlarga hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob berish, aholi bilan muloqotni yaxshilash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Hozirda soha xodimlari el osoyishtaligi, fuqarolarning tinch va xavfsiz hayot kechirishlari yo‘lida o‘z xizmat vazifalarini olib bormoqda.