insurez
30-04-2025 19:18

Nurobod tumanida "Texnopark" barpo etish bo'yicha xitoylik investorlar bilan muzokaralar o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov va Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar o‘rtasida iqtisodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tumanda zamonaviy  "Nurobod texnoparki" maxsus sanoat zonasini barpo etish va ushbu loyiha doirasida ilg'or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Texnopark infratuzilmasi, investitsiya hajmi, istiqbolli yo'nalishlar va hamkorlikning huquqiy asoslariga oid o'zaro fikr almashishdi.

Tuman rahbari texnopark qurilishi nafaqat tuman sanoat salohiyatini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlash, eksport ko‘lamini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda muhim o'rin tutishini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, hududdagi infratuzilma imkoniyatlari, soliq va bojxona imtiyozlari haqida ham ma’lumot berildi.

Muzokaralar yakunida loyiha bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, hamkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilandi.

Mazkur tashabbus Nurobod tumanining sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion muhitni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda yangi bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar
- -