insurez
05-09-2025 18:00

Nurobod tumanida tashqi reklama vositalari bo‘yicha tartibga solish ishlari olib borilmoqda


Bugun Nurobod tumani hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi va biriktirilgan mas'ullar ishtirokida hududdagi tashqi reklama vositalarining holati o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida tadbirkorlik subyektlariga reklama vositalarini o‘rnatishda shaharsozlik qoidalari, “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda "Reklama to'g'risida"gi Qonunlar talablariga qat’iy rioya etishlari lozimligi tushuntirildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar qonunchilik talablari yuzasidan ogohlantirilib, huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Tartibga solish ishlari doirasida belgilangan qoidalarga mos kelmagan, xorijiy tillarda yozilgan hamda sifati talab darajasiga javob bermaydigan tashqi reklama vositalari olib tashlandi. 

Teglar
- -