insurez
16-12-2025 12:58

Nurobod tumanida tadbirkorlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi


Nurobod tumanida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini joylarda tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda Soliq inspeksiyasi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etib, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan muhim qaror va farmonlar haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–247-son Qarori hamda “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–214-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tushuntirishlar jarayonida ishtirokchilarga soliq yuki va ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, shuningdek qonuniy va shaffof faoliyat yuritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Teglar
- -