insurez
15-09-2025 17:19

Nurobod tumanida tabiiy gazdan foydalanish borasida ko'rilayotgan choralar to'g'risida matbuot anjumani o'tkazildi


Nurobod tumani hokimligida “Nurobodtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi boshlig‘i N.Nosirov va soha vakillari ishtirokida tabiiy gazni isrof qilmasdan foydalanish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tumanda 6661 ta aholi iste’molchilari va 124 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gazdan foydalanmoqda. 

2025-2026-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish maqsadida,
-110 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlari maxsus pribor usulida tekshirilib, kamchiliklar bartaraf etildi;

-57 km gaz quvurlari havo bosimi yordamida zichlikka sinaldi va havo bosimi ostida tozalandi;

-15 km gaz quvuri to'g'rilanib, buyoqlash ishlari amalga oshirildi.

-20 dona yuqori va o'rta bosimli gaz boshqaruv armaturalari ta’mirlandi.

Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javoblar berildi.
 

Teglar
- -