insurez
06-11-2024 16:55

Nurobod tumanida sport sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijadorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing o‘tkazildi


 

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xujamiyarov Sirojiddin Xushimovich ishtirokida tumanda sport sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijadorligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda tumanimizda jami 308 ta sport inshootlari mavjud bo‘lib, 37 ta sport zal, 33 ta futbol, 43 ta basketbol, 78 ta voleybol, 35 ta qo‘l to‘pi, 20 ta sun’iy qoplamali mini-futbol maydonchalari, 4 ta fitnes zallari, 2 ta Universal, 26 ta Stritbol, 28 ta “Workout”, 2 ta Badminton maydonchalari va 1 ta Bolalar va o‘smirlar uchun sport maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Tumanda ommaviy sportni rivojlantirish, aholining sport bilan shug‘ullanishi,  yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, qaror qabul qilingan kundan boshlab tumanda sport maydonchalarining qurilishi jadal sur’atlarda boshlab yuborildi. Manzilli dasturga ko‘ra, tumandagi barcha 39 ta mahallalarning har biriga uch turdagi, ya’ni badminton, stritbol va “Workout”(ko‘cha fitnesi) maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilning o‘n oyi davomida 2 ta mahallasida “Universal”(Mehnatkash va Nurafshon), 1 ta mahallasida “Workout”(Mash’al), 1 ta Stritbol(Arabota) maydonchalari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilib, aholi yoshlari ixtiyoriga shug‘ullanishi uchun topshirildi. Undan tashqari, yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash va tumanda aholi salomatligini oshirish maqsadida 2023-yil yakuni bo‘yicha tuman markaziy va qishloq ko‘chalarida 12 kmdan ortiq salomatlik yo‘laklari, 12 kmga yaqin velosiped yo‘lakchalari qurilgan bo‘lsa, 2024-yilning o‘tgan o‘n oyi davomida tumanda 8 kmdan salomatlik va velosiped yo‘lakchalari, yoshlarning mini-futbol sporti bilan shug‘ullanishlari uchun “Mash’al” mahallasida 1 ta mini-futbol maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarori, 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 15-yanvar kuni tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan “Har bir mahallada sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida - futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish va “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish va yurish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan Nurobod tumani sport maktabining 01-01/02-sonli chora-tadbirlar rejasi va har bir mahallada jamoaviy sport turlari bo‘yicha jamoalarga trenerlarni mas’ul etib belgilash hamda umumta’lim maktablariga biriktirish yuzasidan jadvallari ishlab chiqilgan bo‘lib, chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra har bir mahallaga va maktablarga biriktirilgan trenerlarning belgilangan kunlarda sport tadbirlarini tashkillashtirishmoqda.

 

Shuningdek, aholi o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etib o‘tkazilmoqda. Jumladan, basketbol, voleybol, velosport, gandbol, yengil atletika, stol tennis, futbol va mini futbol, kurash, boks, armrestling, badiiy gimnastikasi, shaxmat-shashka, “Otam-onam va men” oilaviy sport musobaqalari, “Sektor rahbari kubogi”, “Sportni sev sport bilan yasha!” shiori ostida va 5 ta tashabbus dasturi doirasida sport tadbirlari tashkil etilib, 2024-yilning 10 oyi mobaynida 280 dan ziyod ommaviy sport tadbirlar tashkil etildi. 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra tumanda 7-30 yoshlilar 71430 nafarni tashkil qilib, Prezidentimizning sportga oid yuqorida qabul qilgan Qaror va Farmonlari ijrosi natijasida, 2024-yilning oktabr oyi yakuniga kelib tuman yoshlarining 46429 (65%) nafari ommaviy sport bilan qamrab olingan bo‘lsa, tuman aholisi (159306 nafar)ning ommaviy sportga jalb qilinganlik darajasi 28% ga yetdi.

 

Tuman hokimligi rahbarligida haftaning shanba kunlari korxona, tashkilot va muassasa rahbarlar va xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida sport musobaqalar tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda tuman hokimi rahbar sifatida “Shaxsiy namuna” bo‘lib doimiy ishtirok etib kelmoqdalar.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli, 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yilning mart oyi boshida Respublika miqyosida “Besh tashabbus Olimpiadasi” musobaqalariga start berildi. Bunda har bir mahalla kesimida yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilib, kelgusida ularning ulkan musobaqalarga saralab, tayyorlash imkonini bermoqda.

Xususan, 2024-yilgi “Besh tashabbus Olimpiadasi” doirasidagi Respublika bosqichi musobaqalarida, sportning para yengil atletika turida tumanning “Olg‘a” MFY a’zosi Safarov Amir faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Tepaqul” MFY qizlar jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Xuddi shunday sportning stol tennis turida esa “Saroy” MFY a’zosi Sobirjonov Jasur faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, tuman sportining yuqori darajada ekanligini namoyish etishdi.

 

Undan tashqari, hamkor tashkilotlar, ya’ni tuman hokimligi, tuman IIB, Milliy gvardiya va Yoshlar ishlari agentligi va yana boshqa tashkilotlar tashabbusi bilan tumanda bolalar va o‘smirlar, voyaga yetmaganlar va uyushmagan yoshlar, shuningdek xotin-qizlar o‘rtasida beshta muhim tashabbus doirasida sportning kurash, voleybol, basketbol, futbol, velosport, badiiy gimnastika, yengil atletika, kamondan o‘q otish musobaqalari, “Sog’lom hayot sari” shiori ostida 5000 qadam yurish hamda quvnoq startlar turlaridan tuman birinchiliklari, hamda yana bir qancha shiorlar ostida musobaqa va tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. 2024-2025-o‘quv yili boshida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy salomatligini oshirish uchun joylarda ham turli xil sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Teglar
- -