insurez
12-12-2025 17:09

Nurobod tumanida soliq tizimidagi islohotlar bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi


Bugungi kunda soliq tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari soliq to‘lovchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini kengaytirmoqda.

Prezidentimizning “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu toifa vakillariga bir qator soliq imtiyozlari va yengilliklar taqdim etilmoqda. (https://lex.uz/uz/pdfs/-7681520)

Bugun Nurobod tumani soliq inspeksiyasiyasida o‘tkazilgan seminarda mazkur qarorning mazmun-mohiyati soliq to‘lovchilarga batafsil tushuntirib berildi.

Ta’kidlash lozimki, qaror YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun tubdan yangilangan raqamli biznes muhit yaratishni ko‘zda tutadi. Barcha soliq, to‘lov va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari avtomatlashtiriladi, hisobot yuritish yengillashadi, shaffoflik oshadi va noqonuniy aylanmalar qisqaradi.

Jumladan 2025–2030-yillarda YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun raqamli platformalar orqali:
•Ro‘yxatdan o‘tish va faoliyatni to‘xtatish;
•Soliqlarni avtomatik hisoblash va to‘lash;
•Daromadlar asosida deklaratsiyalarni avtomat to‘ldirish;
•Bank hisobvaraq va elektron hamyonlar ochish;
•Fiskal cheklarni real vaqtda berish;
•O‘zaro pul o‘tkazmalari va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

❗️Eng muhim yangilik: elektron imzo talab qilinmaydi, biometriya va SMS orqali imzolashga ruxsat beriladi.

Teglar
- -