insurez
01-08-2025 16:15

Nurobod tumanida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik apparati xodimlari, soha mutaxassislari va mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Safarov tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimining mavjud holati, hukumat qarorlarining bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha yangi mexanizmlar haqida batafsil taqdimot qilindi.

Shuningdek, tuman hokimligi ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi U.Toshtemirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-sonli Farmonining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga keng yoritib berildi.

Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Teglar
- -