insurez
30-12-2025 15:46

Nurobod tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bayramona ruhda o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, DXX tuman bo‘linmasi rahbari E.Oripov hamda tuman prokurori J.Abdixakimov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida tuman rahbari tumanimiz yoshlarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir davomida yoshlarga o‘tgan davr mobaynida tuman miqyosida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda istiqboldagi rejalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng uchrashuv ochiq muloqot shaklida davom ettirilib, tumanning har bir mahallalaridan kelgan yoshlarning takliflari, murojaatlari va mavjud muammolari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida 2025-yil davomida samarali faoliyat olib borgan yoshlar yetakchilari tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida yoshlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbirlari davom ettirildi.

Teglar
- -