insurez
14-12-2024 10:27

Nurobod tumanida quvvati 1000 Mvt (Sazag‘on -1,2) bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi


Prezident “Yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanayotgani, xususan, aholi va mahalliy tadbirkorlar sohaga katta qiziqish bildirayotganini e’tirof etdi. 

Bunday korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarida “yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5 yilda 5 barobarga oshiriladi.

Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual ta’lim tizimi, 5 ta oliygohda ilg‘or muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, energetika, metallurgiya, kimyo, elektrotexnika sohalarida nufuzli kompaniyalar bilan birga izlanish va rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik kengaytiriladi.

Davlatimiz rahbari so‘zi yakunida ramziy dastakni bosib, yakunlangan ob’yektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.

Jumladan, Nurobod tumanidagi quvvati 1000 Mvt (Sazag‘on-1,2) bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, 700 kilometr havo uzatish liniyalari va 1000 Mvt/soat elektr energiyasini saqlash tizimini qurish ishlarini boshlashga start berildi. Ushbu marosimda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Teglar
- -