Nurobod tumanida “Oilaviy zo‘ravonlikning bolalarga ta’siri” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Nurobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida “Oilaviy zo‘ravonlikning bolalarga ta’siri” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, pedagoglar, psixologlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida oilada sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, bolalarning ruhiy holatini asrash, zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari va uni erta aniqlash mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qatnashchilarga oilaviy nizolarni bartaraf etish usullari, bolalar bilan muloqotning to‘g‘ri yondashuvlari hamda profilaktika choralarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va mavzu doirasida o‘zaro fikr almashdilar.




