insurez
11-07-2025 10:23

Nurobod tumanida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari haftaning har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirok etishdi.

O‘quv soati davomida kun tartibidan o‘rin olgan qator dolzarb mavzular yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Jumladan:
O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti;
“Mahalladan gapiramiz” rukni;
"M-dayjest" rukni;
“Msayohat” rukni;
“Gazeta sharhi” rukni.

Shuningdek, o‘quv soati davomida tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Qilichov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.

Teglar
- -