Nurobod tumanida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tuman hokimligida 2025-yilning o‘tgan davrida yoshlar siyosati, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sirojiddin Xujamiyarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda qayd etilishicha, tumanda 156 410 nafar aholi istiqomat qiladi, ularning 82 950 nafari (0–30 yosh), 44 299 nafari esa 14–30 yoshdagi yoshlardir.
2025-yil davomida tumanda 307 nafar yoshlar “Yoshlar daftariga” kiritilib, ularning 296 nafariga turli yordamlar ko‘rsatildi. Ular orasida:
6 nafar yosh ishga joylashtirildi,
40 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratildi,
128 nafarining kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi,
29 nafariga tibbiy xizmat ko‘rsatildi,
13 nafarining safarbarlik zaxirasi pullari to‘landi,
5 nafar yosh kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi,
33 nafariga kredit ajratildi,
1 nafariga yer ajratildi,
1 nafari sport, ilm-fan va san’at xarajatlari bilan qo‘llab-quvvatlandi,
12 nafariga psixologik xizmatlar ko‘rsatildi.
Og‘ir toifadagi yoshlar
2025-yilda 536 nafar “og‘ir toifa”dagi yoshlar aniqlanib, ularning 31 nafari ishga joylashtirildi, 137 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi, 3 nafariga ekin maydonlari berildi, 15 nafariga asbob-uskuna olib berildi, 10 nafar yosh muddatli harbiy xizmatga yuborildi.
Otaliqqa olingan yoshlar
183 nafar yosh huquq-tartibot organlari mas’ullariga otaliqqa berildi, ularning orasida profilaktika hisobida turganlar, probatsiya nazoratidagilar, dars qoldiruvchilar, notinch oilalarda yashovchilar va bezorilikka moyil yoshlar bor.
Migratsiya
2025-yil boshida 1061 nafar yoshning migratsiyaga ketgani aniqlangan, shu yilning 6 oyida 112 nafar yosh qaytib kelgan, ulardan 49 nafari ish bilan ta’minlangan.
Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish
“Besh tashabbus” doirasida yoshlarning madaniyat, san’at, sport, IT va kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida bir qator musobaqa va tadbirlar o‘tkazildi. “Besh tashabbus olimpiadasi”da 52 237 nafar yosh ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
Yoshlarimiz shaxmat, shashka, yengil atletika, para atletika kabi turlarda Respublika miqyosida yuqori natijalarga erishdi. “Yoshlar ovozi” tanlovida esa nurobodlik ikki ijodkor 10 million so‘mdan mukofotga sazovor bo‘ldi.
Ta’lim va kasb-hunar
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 3 154 nafar yosh xorijiy tillarga o‘qitildi, 505 nafari sertifikat oldi. “Ustoz AI” loyihasi orqali 213 nafar yosh zamonaviy kasblarni o‘rgandi, “Yosh kitobxon” va “Mutolaa” loyihalari orqali esa minglab yoshlar kitobxonlikka jalb etildi.
Jinoyatchilik va tarbiya
2025-yil 5 oyida tumanda yoshlar ishtirokidagi 8 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan oshgan. Shu bois tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash va ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha “Jasorat maktabi” yig‘inlari tashkil etildi.
Sirojiddin Xujamiyarov amalga oshirilayotgan barcha ishlar yoshlarning ijtimoiy faolligi, bandligi va ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.