insurez
11-04-2025 10:34

Nurobod tumanida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Nurobod tuman hokimligida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xushbaqtov ishtirokida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda ta’kidlanishicha, tumanda 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” maktabi va 150 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining 28 tasi davlat, 115 tasi oilaviy va 7 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat olib bormoqda.

Maktabgacha ta’lim:

  • 3–7 yoshdagi 14 912 nafar bolalarning 9 846 nafari (66%) maktabgacha ta’limga qamrab olingan.

  • 2025-yil oxiriga qadar qamrov 68,8% ga oshirilishi va tashkilotlar soni 161 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

  • Majburiy bepul maktabga tayyorlov guruhlari orqali 3 538 nafar 6 yoshli bola ta’limga jalb etilgan.

  • Saxoba va Oltinsoy MFYlarda yangi davlat MTTlari, shuningdek bir nechta oilaviy va DXSh asosidagi bog‘chalar qurilishi ko‘zda tutilgan.

  • “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarida 420 nafar pedagog malakasini oshirdi.

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun sport-sog‘lomlashtirish, badiiy-estetik, chet tillari, matematika va boshqa to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 9 846 nafar bola qatnashmoqda.

Maktab ta’limi:

  • 78 ta maktabda 32 203 nafar o‘quvchiga 3 302 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda.

  • Oliy ma’lumotli pedagoglar ulushi 68,9% dan 74,1% ga oshirildi.

  • Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar soni 725 nafarga yetdi.

  • Oliy toifali o‘qituvchilari bo‘lmagan maktablar soni 22 tadan 8 taga kamaytirildi.

  • 2025-yil aprel-may oylarida 1 711 nafar pedagog attestatsiyaga jalb qilindi.

  • 998 nafar pedagog malaka oshirib, sertifikatlar oldi.

  • Aniq va tabiiy fanlar, boshlang‘ich sinf va ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” mashg‘ulotlari tashkil etilib, 1 655 nafar o‘qituvchi qamrab olindi.

Anjumanda Shavkat Xushbaqtov tumanda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, pedagoglar malakasini oshirish va bolalarni keng qamrovli ta’limga jalb etish bo‘yicha ishlar izchil davom etishini ta’kidladi.

Teglar
- -