insurez
14-01-2025 17:36

Nurobod tumanida "Loyihalar yarmarkasi" bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani Davlat xizmatlari markazida mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tijorat banklarining rolini oshirish maqsadida "Loyihalar yarmarkasi" o'tkazildi.

Unda tuman hokimligi, viloyat va tuman tijorat banklari mas'ullari, tadbirkorlar, hokim yordamchilari, tashabbuskor yoshlar va o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Yarmarkada Uychi, Sayhunobod, Zarbdor va G'ijduvon tumanlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan biznes loyihalar namoyish etilib, tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarga ajratiladigan imtiyozli kreditlar hamda yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
 

Teglar
- -