Nurobod tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish” mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi
Bugun Nurobod tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish” mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi.
Unda tuman prokuraturasi, tuman IIB, tibbiyot, kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha muhim tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Yakunda seminarda faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.