insurez
02-06-2025 16:19

Nurobod tumanida korrupsiyaga qarshi kurash targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda


Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan davlat idora va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish muhitini shakllantirish maqsadida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Bugun tumandagi mahalla fuqarolar yig'ini raislari, qishloq xo'jaligi sohasi xodimlari, korxona va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan uchrashuv va targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari va bunda barchaning birdek mas'ul ekanligi to'g'risida batafsil tushuntirishlar berildi.

O'tkazilayotgan bu kabi targ'ibot tadbirlari tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -